Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zbekenergo” AJning 2018 yil 1 choragi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish

ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2018 yil 1 choragi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar

I

Elektr energiyani ishlab chiqarish:

mlrd. kVt·s



O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

16,7

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

mlrd. kVt·s

15,5

II

Yoqilg‘ining solishtirma sarfi:

mln. Gkal



Berilgan elektr energiyasi uchun

g/kVt·s

355,70


Berilgan issiqlik energiyasi uchun

kg/Gkal

179,89

III

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

2,61

IV

Elektr energiyasini eksporti

mlrd.kVt·s

0,509

V

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

1021,06


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

77,34


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

mlrd.so‘m

932,33


- tijorat bank kreditlari

mlrd.so‘m

11,39

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2018 yil I chorakdagi qisqacha yakunlari

“O’zbekenergo” AJda energetika korxonalarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr energetikasi sohasining yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning I choragi bo‘yicha mahsulot tannarxining pasayishi 100,8 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarini bajarish ta’minlanmoqda. 2018 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha sohada tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 108,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, iste’molchilarga 15,5 mlrd. kVt·s miqdorda elektr energiyasi hamda 2,61 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Mahsulot va xizmatlar eksporti bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 105,6 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 315,9 mln. so‘mga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va loyiha-tadqiqot hamda qurilish-montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "2018 yilgi Investitsiya va infrastruktura loyihalar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-3507 sonli qaroriga muvofiq “O’zbekenergo” AJ bo‘yicha yangi energiya ob’ektlarini qurish, amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 5 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Taxiatosh IES 220 kV elektr uzatish liniyasi – Xorazm viloyati Sarimoy aholi punktining Xorazm NS” loyihasi bo‘yicha asbob-uskunalar sotib olish uchun pudratchi tanlash yuzasidan tender savdolari o‘tkazilmoqda;

- “Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumining bosh pudratchisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq joriy yilda asosiy va yordamchi uskunalarni keltirish rejalashtirilgan. Qurilish maydonchasida vertikal rejalash va kotlovanlar qazish bo‘yicha tuproq ishlari yakunlandi;

- “Taxiatosh IESda quvvati 230-280 MVt dan bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini barpo etish” loyihasi bo‘yicha “Hyunday Engineering & Construction Co. Ltd” kompaniyalari konsorsiumining bosh pudratchisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq joriy yilning may oyidan asosiy va yordamchi uskunalarni keltirish rejalashtirilgan. Qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi "2017 - 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi PQ–2661-sonli qaroriga muvofiq uzunligi 34,0 ming km bo‘lgan past voltli tarmoqlarni va 6,9 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan. Joriy yilda 6,8 ming km elektr liniyasi va 2129 ta transformator punktlarini foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Joriy yilning I choragida uzunligi 707,4 km bo‘lgan elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi va 339 ta transformator punktlari o‘rnatildi.

“O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasi hisobini takomillashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o‘tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 246,4 mingta uch fazali, 198,0 mingta bir fazali, maishiy iste’molchilarga 48,5 mingta uch fazali, 4953,2 mingta bir fazali elektr energiyani hisoblash asbobi o‘rnatib berildi.

Shuningdek, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o‘rganish maqsadida "O’zbekenergo"AJ boshqaruv raisining bevosita nazoratida "Telegram" messenjerida "O’zbekenergo bilan muloqot" kanali ishga tushirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha IEK kompleksining Vazirlar Mahkamasi Hay’ati majlisining 2018 yil 3 yanvardagi 1- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”dagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida jamiyatga taalluqli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha jamiyatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamlama maqsadli parametrlarga ko‘ra 136 ta, shu jumladan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida 56 ta, sohani rivojlantirish dasturi bo‘yicha 80 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

“O’zbekenergo” AJning 2017 yil yakuni bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2017 yil yakuni bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar

I

Elektr energiyani ishlab chiqarish:

mlrd. kVt·s



O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

60,7

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

mlrd. kVt·s

52,14

II

Yoqilg‘ining solishtirma sarfi:

mln. Gkal



Berilgan elektr energiyasi uchun

g/kVt·s

353,14


Berilgan issiqlik energiyasi uchun

kg/Gkal

179,69

III

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

7,37

IV

Elektr energiyasini eksporti

mlrd.kVt·s

1,85

V

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

654,4


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

337,5


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

mlrd.so‘m

254,3


- tijorat bank kreditlari

mlrd.so‘m

62,6


O’zbekenergo” AJning 2017 yil faoliyati yakunlari haqida

“O’zbekenergo” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasini “2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish yuzasidan 2017 yilda chora-tadbirlar kompleksi” ning amalga oshirilishi yagona elektr energetika tizimining bir maromda va barqaror ishlashini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarini saqlash imkonini berdi. 2017 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining tasdiqlangan parametrlari bajarildi.

2017 yilda respublikamiz elektr stansiyalari tomonidan 60,7 mlrd. kVt×s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bunda o‘sish 2016 yilga nisbatan 2,9 % ni tashkil etdi.

2017 yilda “O’zbekenergo” AJ ning elektr stansiyalarida 52,1 mlrd. kVt×s yoki Respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan umumiy elektr energiyasi miqdorining 85,9 % ishlab chiqarildi. Iste’molchilarga 48,0 mlrd. kVt×s, shu jumladan aholiga 12,5 mlrd. kVt×s elektr energiyasi yetkazib berildi. Elektr energiyasining eksporti 1,85 mlrd. kVt×s miqdorida amalga oshirildi, o‘sish 23,6 % ni tashkil etdi. Hamkorlik doirasida Qirg‘izistondan 1,2 mlrd. kVt×s miqdorida elektr energiyasi import qilindi.

2017 yil yakunlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi 13,6 % ga pasayishi hisobiga 4,0 % ga oshdi.

Yuqori texnologiyali bug‘-gaz va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bilan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini texnik va texnologik yangilash va modernizatsiyalash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan faol investitsion siyosat amalga oshirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJ tomonidan 2017 yil investitsion dasturi doirasida 17 ta investitsion loyiha amalga oshirildi.

Xususan, Toshkent IESda quvvati 370 MVt ga ega bo‘lgan yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi.

Tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha Qandim gazni qayta ishlash zavodini uzunligi 89,4 km bo‘lgan 220 kVli, hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi sement zavodining uzunligi 85,6 km bo‘lgan 110 kVli havo liniyalari ishga tushirildi(1-bosqich).

Shuningdek, Taxiatosh IES da quvvati 230-280 MVt ga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi hamda Navoiy IES da umumiy quvvati 450 MVt ga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha loyihalar chet el investitsiyalarini jalb etgan holda amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Farg‘ona IEM da quvvati 17 MVt ga ega gaz turbina qurilmasini va quvvati 7 MVt ga ega bo‘lgan Farg‘ona qozonxonasi RK-3 qurish orqali yuqori samarador kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish boshlandi. Angren IESda kullik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan umumiy quvvati 130-150 MVt ga ega bo‘lgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash xususiyatiga ega energoblokni qurish orqali kengaytirish loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish masalasi o‘rganib chiqildi.

Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy qilish loyihasi bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish asosida ASKUE ni joriy qilish va rivojlantirish konsepsiyasi, ASKUE va uning komponentlariga texnik talablar ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-sonli qarori bo‘yicha loyiha doirasida xorijiy kompaniyalardan elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, dasturiy ta’minot, yordamchi jihozlar va boshqa texnik vositalarning birinchi partiyasini sotib olish bo‘yicha, tegishli shartnomalar tuzildi.

Past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va yangilash bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda umumiy uzunligi 3,8 ming km ga teng 0,4-10 kV li elektr uzatish liniyalari qurildi va ta’mirlandi, 1250 ta komplekt transformator podstansiyalari o‘rnatildi.

Arzon uy-joy qurish bo‘yicha maqsadli dasturlar doirasida shahar va qishloqlarda yangi qurilgan uylarni tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun umumiy uzunligi 386,8 km ga teng havo liniyasi ishga tushirildi, 465 ta komplekt transformator podstansiyasi o‘rnatildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Ko‘rilgan choralar korxonalarda 571 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga imkon berdi.

Tarmoqda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida kompleks integratsiyalashgan “O’zbekenergo” AJni axborot tizimini boshqarish (moliyaviy hisobotni avtomatlashtirish, onlayn tartibida kunlik balans hisoboti, amaliy va ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish) yaratish masalasi hal qilindi. Boshqaruv tizimini ishlab chiquvchilar va joriy qiluvchilar bozori o‘rganib chiqildi.

Aholi bilan ochiq muloqot olib borish va ularning murojaatlari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida, shuningdek Jamiyat korxonalarida elektr energiyasini yetkazib berishda vujudga keladigan iste’molchilarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning ko‘rib chiqilishini hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etildi.

Ishchi guruh tarkibida “O’zbekenergo” AJning rahbarlari va mutaxassislari hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishi, shuningdek ishlarning amaldagi ahvolini o‘rganishda, har bir alohida mintaqada (tumanda, shaharda) elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda aniq choralar ko‘rilishida ishtirok etmoqdalar.

Respublika energetika tarmog‘i boshqaruv tizimini takomilashtirish va uning samaradorligini oshirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida “O’zbekenergo” AJ da jiddiy tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PF-5044-sonli farmoni asosida yangi tashkilot - “O’zbekgidroenergo” AJ tashkil etildi va gidroelektr stansiyalar va gidroenergetika ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha pudratchi tashkilotlar uning tarkibiga o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 iyuldagi “Ko‘mir sanoati korxonalari boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3147 sonli qaroriga muvofiq avval “O’zbekenergo” AJ tizimida bo‘lgan “O’zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “O’zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi PF-5059 sonli farmoniga ko‘ra Respublika Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan bo‘lib, “O’zbekenergo” AJ ushbu muassasa bilan elektr energiyasini yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi shartnoma majburiyatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Shuningdek Respublikaning barcha mintaqalarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy tizimini joriy qilish sohasida “O’zbekenergo” AJ Byuro bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Jamiyat tarkibida “ASKUE ni joriy qilish va muvofiqlashtirish direksiyasi” MChJ tashkil etildi va unga ASKUE ni joriy qilish va tizimga kelgusida texnik yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Respublikani 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan yagona elektr energetikasi tizimining sifatli ishlashini ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli olib borish, ishlab chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, hududlar va tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, Respublika aholisining hayot darajasi va farovonligini oshirish maqsadida “O’zbekenergo” AJ tomonidan 2018 yilda amalga oshirish uchun aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


“O’zbekenergo” AJning 2017 yil 9 oylik ishlab chiqarishning

asosiy ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2017 yil 9 oylik ko‘rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

44,7

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

- “ -

40,9


shu jumladan: IESlarda

- “ -

37,7

1.2.

blokstansiyalar bo‘yicha

- “ -

3,8





II.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

5,2

III.

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

421,7


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

187,6


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

172,0








2017 YILNING 9 OYIDA “O’ZBEKENERGO” AJ FAOLIYATINING QISQACHA YAKUNLARI

“O’zbekenergo” AJ energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2017 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJ tomonidan iqtisodiy o‘sishning doimiy sur’atlariga va elektroenergetika sohasining barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 2017 yilning 9 oyi davomida tannarxni pasaytirish parametrlari 100,8 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 100,2 foizni tashkil etdi. Korxonalarda mahalliy xom ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq 120,4 foizga bajarildi. Mahsulot va xizmatlarni eksport qilish 105,6 foizga bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2017 yilga mo‘ljallangan investitsion dastur to‘g‘risida”gi 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga qaratilgan 29ta yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

“Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tarkibida quvvatlari 450 MVtdan bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita bloki bo‘lgan umumiy quvvati 900 MVtga teng yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.» (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan qo‘shimcha ehtiyot qismlar yetkazib berish va shef-montaj ishlari bo‘yicha qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish yuzasidan qo‘shimcha bitimlar imzolandi.

“Pop-Qo‘qon-Andijon” hududida qurilayotgan elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini tortish podstansiyalarining tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish” loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda: 3ta piketda poydevor qo‘yildi va tayanchlarni yig‘ish ishlari olib borilyapti.

“Taxiatosh IESda quvvati 230-280 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha “HYUNDAI Engineering Company Limited” va “Hyundai Engineering & Construction Company Ltd.” (Koreya) kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlar boshlandi.

“500 kVli “Chodak-To‘raqo‘rg‘on” podstansiyaningqurilishi” loyihasi doirasida poydevorlarni montaj qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Butun Respublika bo‘ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr ta’minoti ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha 2344,1 km elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi va 740ta transformator punkti o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5059-sonli farmoniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l haritasini” tasdiqlash va O’zbekiston Respublikasida ASKUE ni joriy qilishni davom ettirish bo‘yicha farmoyishiga muvofiq “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha direksiya” MChJ bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizatsiyalash loyihalari bo‘yicha “O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron asboblarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy etilangandan buyon o‘tgan davr mobaynida yuridik iste’molchilarga 245,6 mingtadan ortiq uch fazali va 188,6 mingtadan ortiq bir fazali elektron asboblar, maishiy iste’molchilarga 39,7 mingtadan ortiq uch fazali va 4640,8 mingtadan ortiq bir fazali elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari o‘rnatib berildi. “O’zbekenergo” AJda kuz-qish mavsumiga energotizimni o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida tarmoq tadbirlari, asosiy energiya uskunlarini ta’mirlash jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi, elektr stansiyalari va tarmoqlarini qishki sharoitda ishlashga tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalar tuzildi.

“Elektr tarmoqlariga ulanish va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha texnik shartlarini taqdim etish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasi yuzasidan “LG CNS Uzbekistan” QK MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq dasturiy ta’minot ishlab chiqildi, dasturiy ta’minot sinovi va boshqa tizimlar, xususan “Toshkent shahar ETK” AJ va “Toshkent HETK” AJ bazasidagi Yagona Darcha Markazi bilan sinov integratsiyasi amalga oshirilmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tarmoq Dasturi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sarf-harajatlar 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 208630,5 mln. so‘m va 121, 42 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJning 2017 yil I yarim yillik ishlab chiqarishningasosiy ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2017 yil I yarim yillik ko‘rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

30,9

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

- “ -

29,7


shu jumladan: IESlarda

- “ -

26,4


GESlarda

- “ -

3,31

1.2.

blokstansiyalar bo‘yicha

- “ -

1,11

II.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

4,1

III.

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

300,2


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

134,3


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

162,8




“O’ZBEKENERGO” AJ FAOLIYATINING 2017 YIL I YARIM YILLIK YAKUNLARI

“O’zbekenergo” AJ energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2017 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jadal iqtisodiy o‘sishda va sohaning barqaror ishlashida yuqori darajaga erishish maqsadida korxona va tashkilotlar kesimida 2017 yilda ishlab chiqarish mahsuloti tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, I yarim yillikda mahsulot tannarxining pasayishi 101,7 foizni tashkil etdi.

2017 yilning I yarim yilligida jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlarini bajarilishi ta’minlandi. Soha bo‘yicha tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 106,0 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalarida mahalliy xom-ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqning bajarilishi 100 foizni tashkil etdi.

Prezidentimizning 2016 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq, “O’zbekenergo” AJ tomonidan investitsiya loyihalari doirasida yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yaratish, mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiyalash ishlari davom etmoqda.

Xususan, “Qandim gazni qayta ishlash zavodining tashqi elektr energiyasi ta’minotini barpo etish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari yakunlanib 89,4 km uzunligida “Buxoro” – “Qandim” NS 220 kV li havo liniyasi kuchlanish ostiga qo‘yildi.

“Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVtga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita blokidan iborat yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va loyihalashtirish, shuningdek, “tayyor holda topshirish” sharti bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun tender hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha Fransiyaning EDF kompaniyasi g‘olib deb topildi.

“Navoiy IESni quvvati 450 MVtga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy quvvati 900 MVtga teng bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha “tayyor holda topshirish” sharti bilan bosh pudratchi - Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd” kompaniyalari konsorsiumi bilan kelishuv (kontrakt) asosida ishlar boshlandi.

“Tahiatosh IESda quvvati 230-280 MVtga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha bosh pudratchini tanlash tender tanlovi g‘olibi Koreyaning “Hyundai Engineering Co. Ltd” va “Hyundai Engineering&Construction Company Ltd”» kompaniyalari konsorsiumi bilan kelishuv (kontrakt) imzolandi.

“Farg‘ona IYEM” AJda RK-3 shahar qozonxonasi va yuqori samarali kongeneratsion gaz qurilmalarini tatbiq etish” loyihasi amalga oshirilishi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya davlatining “NEDO” tashkiloti o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi.

“500 kVli “Chodak-Turaqo‘rg‘on” nimstansiyasining qurilishi” loyihasi bo‘yicha 507 kV dan yuqori kuchlanishli “Regar-Guzar” liniyalarida uzunligi 33,9 km bo‘lgan qismida demontaj ishlari olib borildi va 89 ta ustun o‘rnatildi. Yuqori kuchlanishli yangi liniyalarda poydevor va ustunlar o‘rnatish ishlari boshlandi.

“2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish dasturi” asosida yangi individual uy-joy qurish loyihalari doirasida tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha uzunligi 48.9 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli 0,4-10 kVli liniya va 34 ta komplekt transformator nimstansiyalari o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublika Prezidentining joriy yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-sonli farmoniga muvofiq, ASKUEni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni har tomonlama ko‘rikdan o‘tkazish uchun chora-tadbirlar va Respublikaning barcha viloyatlarida yagona tizimga integratsiya qilish uchun yagona konsepsiya texnik shartlarini unifikatsiyalanganligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

“Respublika bo‘ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr bilan ta’minlash ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha 808 km uzunlikda havo liniyasi qurilib 261 ta transformator punktlari o‘rnatildi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uchun zamonaviy elektron uskunalarini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o‘tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 243,3 mingta uch fazali, 183,0 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi, maishiy iste’molchilarga 37,5 mingta uch fazali, 4468,4 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi o‘rnatildi.

Shuningdek, “O’zbekenergo” AJda ishchi va mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirishlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2017 yil I yarim yilligida 9500 nafar xodim o‘qitildi, ulardan: 1317 nafar ishchi va 417 nafar muhandislar tayyorlandi hamda 6435 nafar ishchi va 1331 nafar muhandislarning malakasi oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekenergo” AJda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha Sohaviy dastur ishlab chiqilib, ushbu dastur asosida prognoz parametrlarini bajarish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2017 yilning I yarim yillik Sohaviy dasturi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 105.7 mlrd.so‘m va 39.24 mln.AQSh dollari miqdorida sarf-harajatlar qilindi.

Shuningdek, Oziq-ovqat dasturi doirasida “O’zbekenergo” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.



“O`zbekenergo” AJning 2017 yil I-choragidagi ishlab chiqarishning

asosiy ko`rsatkichlari

Asosiy ko`rsatkichlar

O`lchov birligi

2017 yil 1 чорак ko`rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha

mlrd. kVt·s

16,4

1.1.

“O`zbekenergo” AJ bo`yicha

- “ -

16,1


shu jumladan: IESlarda

- “ -

15,0


GESlarda

- “ -

1,1

1.2.

blokstansiyalar bo`yicha

- “ -

0,3

II.

Elektr energiyasi eksporti

- “ -

0,6

III.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

2,7

IV.

Investitsion loyihalar bo`yicha jami o`zlashtirilgan

mlrd.so`m

71,1


shu jumladan:

- xususiy mablag‘lar

mlrd.so`m

50,6


- O`zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

20,5




“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining
2017 yil I chorakdagi qisqacha yakunlari

“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida energetika korxonalarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko`rilmoqda. “O`zbekenergo” AJ tomonidan elektr energetikasi sohasi iqtisodiy o`sishining doimiy sur’atlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarilayotgan, hamda ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar tannarxining pasayishi va ishlab chiqarish xarajatlarining qisqarishini ta’minlovchi choralar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning birinchi choragida mahsulot tannarxining pasayishi 101,7 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining prognoz parametrlarining bajarilishi ta’minlanmoqda. Soha bo‘yicha 2017 yilning I choragi yakunlariga ko`ra mahsulot ishlab chiqarishning hajmi 105,0 foizni tashkil etdi. 16,1 mlrd. kVt·s miqdorida elektr energiyasi bilan ta’minlandi. 2778,9 ming Gkal. miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Mahsulot va xizmatlar eksporti bo`yicha prognoz ko‘rsatkichlari 104,3 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 757,2 mln. so`mga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat ko`rsatish hamda loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlari bo`yicha xizmatlar ko`rsatildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo`ljallangan investitsion dasturi to`g‘risida”gi PQ-2697 sonli qaroriga muvofiq “O`zbekenergo” AJ tomonidan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yaratish, mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiyalash bo`yicha 29 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVt ga ega bo`lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita blokidan iborat yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchi tanlash bo`yicha, shuningdek “tayyor holda topshirish” sharti bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun tender hujjatlarini tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

“Qandim gazni qayta ishlash zavodining tashqi elektr energiyasi ta’minotini barpo etish” loyihasiga muvofiq 500 kV li “Qorako`l” va “Buxoro” podstansiyalarida ochiq tarqatish qurilmasi (OTQ)ni kengaytirish bo`yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Shuningdek “Buxoro” – “Qandim” podstansiyalarida 220 kV li havo liniyasida tayanchlarni o`rnatish va simlarni montaj qilish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Elektr energiyasi iste’molini hisoblash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish loyihasi bo`yicha. O`zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarning elektr energiyasini iste’mol qilishini hisoblash tizimi” loyihasi bo`yicha “KT” kompaniyasi (Koreya) bilan “tayyor holda topshirish” sharti asosida tuzilgan shartnomasiga muvofiq ish olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida hisoblash asboblarini o`rnatish va server uskunalarini ma’lumotlar konsentratorlari bilan integratsiyalash, shuningdek, 0,4 kVli tarmoqlariga hisoblash asboblarini o`rnatishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqa.

Bugungi kunda “Respublika bo`ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr bilan ta’minlash ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo`yicha qurilish-montaj ishlar olib borilmoqda. Umumiy uzunligi 143,5 kmga teng havo liniyasi qurildi va 64 ta transformator stansiyalari o`rnatildi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisoblashning zamonaviy elektron asboblarini joriy etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o`tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 243,4 mingta uch fazali, 181,3 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi; maishiy iste’molchilarga 34,7 mingta uch fazali, 4370,2 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi o`rnatildi.

“O`zbekenergo” AJ bo`yicha ijtimoiy sohani rivojlantirishga, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlanishni yaxshilashga, energetika sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga ko`maklashishga mo`ljallangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yillik dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” sohaviy dasturining 2017 yil I choragida tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari 32,6 mlrd. so`mni tashkil etdi.



 

“O'ZBEKENERGO” AJ 2015 YILDAGI FAOLIYATI HAQIDAGI QISQACHA YAKUNLARI

     2015 yilning 16 yanvarida Vazirlar Mahkamasining majlisida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan belgilangan davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy ustuvorligini amalga oshirishda kelib chiqgan muhim vazifalarni ta'minlash maqsadida, “O'zbekenergo” AJ tomonidan energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta'minlash, hamda 2015 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko'rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

“O'zbekenergo” AJ elektr stantsiyalari tomonidan iste'molchilarga 55,5 mlrd. kVt· soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati×ko'rsatkichlari 104,2% tashkil etdi, shuningdek, iste'molchilarga 8,2 mln. Gkal hajmda issiqlik energiyasi uzatildi. Mahsulotni eksport qilish va xizmat ko'rsatish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi 100,1 % tashkil etdi.

“O'zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan mahalliy xomashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishga doir topshiriqlar 106,5% bajarildi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo'yicha ko'rilgan choralar natijasida mahsulot tannarxi 14,0% ga pasaydi. Tarmoqlarga xizmat ko'rsatish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2015 yilga mo'ljallangan Investitsiya Dasturi to'g'risida”gi PQ-2264 sonli qaroriga muvofiq “O'zbekenergo” AJ tomonidan 26 ta yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilib joriy yilda 8 ta energetika ob'ektlari ishga tushirildi.

Jumladan, gidroenergetika tizimida mavjud GESlarni bosqichma-bosqich modernizatsiyalash loyihalarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Joriy yilda Chorbog' GESning 3-gidroagregatni ishchi g'ildiraklarini almashtirish bo'yicha montaj ishlari yakunlandi.

“Toshkent IESda quvvati 370 MVt bo'lgan bug'-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo'yicha uskunalarning asosiy bo'g'imlarini montaj ishlari yakunlanib, bugungi kunda ishga tushirish va sozlash ishlari davom ettirilmoqda.

“Janubi-G'arbiy hududidagi uskunalarni modernizatsiyalash” loyihasi bo'yicha Ko'kdumaloq 220 kV NS va Muborak-2 NS larda uskunalarni montaj ishlari yakunlandi. Shuningdek, “Angren” MIZ ob'ektlariga elektr energiyani etkazib berish uchun 16,0 ming kV•A quvvatiga ega bo'lgan transformator 110 kVli havo liniya va 110/35/6 kV ARK nimstantsiyasining qurilish ishlari tugatildi.

0,4-6-10-35 kVli elektr tarmoqlarini qayta qurish va yangilash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida umumiy uzunligi 912,0 km dan ortiq past kuchlanishli liniyalar qurilib, 660 dan ziyod komplekt transformator punktlari o'rnatildi.

Uzunligi 28,2 km bo'lgan “Karatau-Mangit” 110 kVli xavo stantsiyasi kurilishi orqali Mangit nimstantsiyasi qayta ta'mirlandi.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasi uchun tashqi elektr energiyasi bilan ta'minlovchi ob'ektlarni qurish ishlari amalga oshirildi.

Bir qator issiqlik elektr stantsiyalarida, shu jumladan, Tolimarjon, Taxiatosh va Navoiy elektr stantsiyalarda bug'-gaz qurilmalarini qurish bo'yicha loyihalarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

“Angren IESda kullik darajasi yuqori bo'lgan ko'mir yoqish uchun mo'ljallangan 130-150 MVt quvvatli energoblokni qurish” loyihasi bo'yicha bosh bino, qozonxona, turbina tsexi, suvni kimyoviy tozalash binosi, tutun chiqish mo'risi va kul-chiqindisini yig'ish hovuzlarida qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida quvvati 450 MVt ikkita bug'-gaz qurilmasi umumiy quvvati 900 MVt tashkil etgan issiqlik elektr stantsiyasining qurish loyihasi bo'yicha, loyihani kuzatib boruvchi maslahatchi tanlash uchun tender e'lon qilinib, “TEPSO” (Yaponiya) g'olib - kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Qurilish maydonlarida infratuzilma va kommunikatsiyani tayyorlash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

“Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi qurilishida tortuvchi kuchga ega nimstantsiyasini tashqi elektr energiyasi bilan ta'minlash” to'g'risidagi investitsiya loyihasi doirasida “O'zbekenergo” AJ tomonidan 110 kVli HL va uzunligi 6 kilometr bo'lgan 220 kV li HL sini loyihalash, qurish hamda mavjud nimstantsiyalar va ochiq taqsimlovchi uskunalarni qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yoqilg'i-energetika balansini diversifikatsiyalash maqsadida muqobil energiya manbalaridan samarali foydalangan holda «O'zbekenergo» AJ tomonidan Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo'lgan quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda. Stantsiyani qurish uchun Bosh pudratchini tanlash bo'yicha moliyaviy takliflarni ochish marosimi bo'lib o'tdi.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish tadbirlar kompleksi va targ'ibot ishlari asosida “O'zbekenergo” AJ tomonidan 15 ta loyiha amalga oshirilgan: 12 ta loyiha issiq suv ta'minoti uchun quyosh kollektorlarini, 1 ta fotoelektrik batareyalarni va 1 ta biogazli qurilmani tatbiq etish bo'yicha loyihalar amalga oshirildi. Qolgan loyihalar bo'yicha uskunalarni olib kelish va o'rnatish uchun shartnomalar tuzilgan.

Elektr energiyasini xisobga olish tizimini modernizatsiyalash loyihasi bo'yicha “O'zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan, elektr energiyasini hisobga oluvchi zamonaviy elektron hisoblagich asboblarini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Shu davr ichida yuridik iste'molchilariga 160,0 mingdan ortiq bir fazali va 230,0 ming uch fazali elektron hisob asboblari; maishiy iste'molchilariga 3800,0 ming bir fazali va 25,0 ming uch fazali elektron hisoblagich asboblari o'rnatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni qadrlash va e'zozlash yili” Davlat dasturi to'g'risida”gi qarorini bajarish maqsadida sarf xarajati 4,1 mlrd. so'mni tashkil etgan soha dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, rejalashtirilgan tadbirlar davr prognoziga nisbatan 111,0 foizga bajarildi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni, chorvachilik majmualari, parrandachilik va baliqchilik ho'jaliklari hamda yuqori texnologik issiqxona qurilishlarini tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur dastur doirasida 2015 yilda 37,1 tonna go'sht, 551,7 tonna sut, 268,9 tonna sut mahsuloti va 657,3 tonna sabzavot mahsulotlari etkazib berildi.  

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech